Bola rivojida o‘yinning kuchi

Date:

Bolaning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyati muhim o‘rin tutadi. O‘yin orqali bolalar atrof-muhitni anglaydi, mustaqil fikrlash, muloqot qilish va yangi ko‘nikmalarni egallashni o‘rganadi. Shu jihatdan “Bola, o‘yin va pedagog” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan seminarlar maktabgacha ta’lim jarayonida o‘yin usullarini samarali qo‘llashga xizmat qiladi.

Surxondaryo viloyatida loyiha doirasida namunaviy dastur asosida seminarlar o‘tkazilmoqda. Ularda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 10-sentabrdagi 340-sonli qarorida belgilangan vazifalar, loyihaning mazmun-mohiyati va uni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilinmoqda.

Seminar ishtirokchilariga bolalar rivojlanishida o‘yinning ahamiyati, mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish, namunaviy faoliyatlarni amaliyotda qo‘llash hamda zarur ish hujjatlarini to‘g‘ri yuritish bo‘yicha tushunchalar berilmoqda. Bu bilimlar pedagoglarga mashg‘ulotlarni bolalarning yosh xususiyatlariga mos tashkil etish va ta’lim jarayonini yanada mazmunli olib borishda yordam beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun