MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI

Date:

Bekorchilikdan yomoni yo‘q. Ehtiyojlar, kamchiliklar esa tugamaydi. Shunday paytlarda qiziqishimiz va layoqatimizga yarasha ish qidirishga tushamiz. Shunday paytlarda kasb-hunarga o‘rgatuvchi kurslar, mehnat yarmarkalari jonimizga ora kiradi. Sherobod tumani IIB binosida tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik O‘.Shukurovning tashabbusi bilan tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu mehnat yarmarkasi tuman IIB probatsiya, ma’muriy nazorat va muqaddam sudlanganlar hisobida turgan shaxslarning qayta jinoyat sodir etmasliklarining oldini olish maqsadida, ularning bandligini ta’minlash yuzasidan o‘tkazildi. Boshqacha aytganda bu ularning hayotlariga berilgan ikkinchi imkoniyat ham deyish mumkin.

Taklif etilgan ish o‘rinlari bo‘yicha mutaxassisilar kerakli ma’lumot va tushuntirisahlarni berishdi. Natijada 2 nafar ma’muriy nazoratda turgan va 2 nafar probatsiya hisobida turgan ishsizning bandligi ta’minlangan bo‘lsa, 8 nafar shu toifadagi shaxslarga kasbga o‘qitish uchun yo‘llanma berildi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun