Futbolchilarimiz eng yaxshilar safida

Date:

So‘nggi yillarda o‘zbek futbolchilari xalqaro maydonda munosib natijalar qayd etib, nufuzli klublar safida o‘z mahoratini namoyish etmoqda. Ayniqsa, futbolchilarimizning yutuqlari milliy futbolimiz salohiyati tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.

Quvonarlisi, ushbu futbolchilar xalqaro miqyosda ham e’tirof etilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullayev hamda Eldor Shomurodov Xitoyning “Titan Sports” nashri talqiniga ko‘ra, 2026-yilning eng yaxshi osiyolik futbolchisi sovrini uchun nomzodlar ro‘yxatidan joy oldi.

Nomzodlar qatorida Janubiy Koreya vakillari Son Xyon Min, Li Kan In, Kim Min Je hamda eronlik hujumchi Mehdi Taremi ham bor.

Uch nafar futbolchimizning Osiyoning yetakchi o‘yinchilari qatorida e’tirof etilishi nafaqat ularning individual mahorati, balki o‘zbek futbolining xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganini ham ko‘rsatadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Zo‘ravonlik: xabar berish tartibi belgilandi

Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik, voyaga yetmaganlar...

Futbolchilarimiz eng yaxshilar safida

So‘nggi yillarda o‘zbek futbolchilari xalqaro maydonda munosib natijalar qayd...

XAVFSIZLIK SABOQLARI BERILDI

Oltinsoy tumanidagi 48-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida is gazidan...

Betonlashtirish ishlari o‘rganildi

“Tashabbusli byudjet” loyihasi ko‘plab muammolarga munosib yechim bo‘ldi. Ta’lim...
KunTun
KunTun