Turizm imkoniyatlarimiz xalqaro maydonga chiqmoqda

Date:

Qadimiy tarix, betakror tabiat, boy madaniy meros va o‘ziga xos milliy an’analar — Surxondaryoning sayyohlarni o‘ziga jalb etuvchi asosiy boyliklari. Bugun ushbu salohiyatni xalqaro miqyosda targ‘ib etish, xorijiy investorlar va sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

25–27-noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Ipak yo‘lida turizm” 31-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida Surxondaryo viloyati ham o‘z pavilyoni bilan ishtirok etmoqda. Hududning o‘ziga xos ruhida bezatilgan pavilyonda vohaning turistik maskanlari, madaniy merosi, milliy taomlari va sayyohlik imkoniyatlari namoyish etilmoqda.

Viloyat yarmarkada 100 ga yaqin mahalliy va xorijiy investor, 50 ta turfirmа, 10 ta restoran, 15 ta mehmonxona hamda turizm markazlari vakillari bilan qatnashmoqda. Shuningdek, umumiy qiymati 2 milliard AQSH dollariga teng turizm loyihalari taqdim etilmoqda.

Dasturdan madaniy chiqishlar, milliy taomlar festivali, viloyatning turistik salohiyati taqdimoti hamda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik kelishuvlarini imzolash tadbirlari o‘rin olgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muştarak qadriyatlar

Bağrikenglik — insonning yuksak ma’naviy fazilati, jamiyatda tinçlik va...

Turizm imkoniyatlarimiz xalqaro maydonga chiqmoqda

Qadimiy tarix, betakror tabiat, boy madaniy meros va o‘ziga...

Qum ostidan chiqqan ibodatxona

Surxondaryo cho‘llarida kunduzi harorat qizib, kechasi qum tepaliklari sokinlikka...

Yoshlarimiz xalqaro maydonda

San’atga mehr, tinimsiz izlanish va ijodiy mahorat yosh iste’dodlarni...
KunTun
KunTun