“Eng yaxshi obraz…”

Date:

Gimnastika sport turi haqida gap ketganda bejirim libosdagi qizlarning nafis raqslari ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Va bilamizki, bu sport turi bilan 3 yoshdan, hali suyaklar qotmasdan turib shug‘ullanib boshlash kerak. Aks holda kech. Haqiqatan ham kechmikan?.. bunisini bilmadigu, ammo Oltinsoy tumani “Boʻston” MFYda yashovchi nafaqadagi ayollar gimnastika boʻyicha Prezident kubogi tanlovida ishtirok etish uchun poytaxtga yo‘l olishdi.

Qizig‘i shundaki, musobaqada respublikamizning turli hududlaridan nafaqadagi ayollardan tuzilgan jamoalar ishtirok etish uchun jam bo‘lishgan. Muhimi ishtirok ekanini ta’kidlashayotgan jamoalar o‘z chiqishlarini taqdim etishdi.

Nafaqa yoshida ham uyida keksalikni tan olib o‘tirmay, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilayotgan onaxonlarning harakatlari tahsinga sazovor. Ularning ishtiyoqi, epchilliklari, albatta, yoshlarga eng yaxshi ibrat va namuna qilib ko‘rsatgulik.

Har bir chiqishda o‘ziga xoslikni, hududiy qadriyatlarni ko‘rish mumkin. Surxondaryo sharafini himoya qilgan gimnastikachi onaxonlar esa sahna surxoncha liboslar ila chiqib kelishdi va milliylik ufurib turgan raqslar ila tomoshabinlar mehrini qozonishdi. Surxonlik ayollar “Eng yaxshi obraz” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib boʻlishdi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun