Surxondaryo viloyati futbol bo‘yicha 2-liga chempionatida final bosqichiga yo‘llanma olgan jamoalar safi kengaydi.
Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Alpomish» stadionida Oltinsoy va Termiz shahri terma jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuvda oltinsoylik futbolchilar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu natija orqali Oltinsoy tumani terma jamoasi chempionatning final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

