Aliment miqdorini belgilashda yashash xarajatlari ham inobatga olinadi

Date:

O‘zbekistonda voyaga yetmagan farzandlar uchun to‘lanadigan aliment miqdorini yashash xarajatlariga muvofiq, adolatli belgilash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Buning uchun Prezident qarori loyihasi 2027-yil iyun oyiga qadar ishlab chiqiladi.

Bu vazifa Prezidentning 2026-yil 10-noyabrdagi PF–242-son Farmoni bilan tasdiqlangan «Milliy dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha 2027–2031-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi»da belgilangan.

Hujjatning «Ayollar va bolalar huquqlarini kamsitishga qarshi kurashishni kuchaytirish» yo‘nalishida ota-onalarning voyaga yetmagan farzandlari uchun to‘laydigan aliment miqdorini yashash xarajatlariga muvofiq belgilash mexanizmini ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Shuningdek, himoya orderi, ijtimoiy-huquqiy xizmatlar va xavfni erta aniqlash mexanizmlarini birlashtirish, tegishli murojaatlarni maxfiy va tezkor ko‘rib chiqish tartibini joriy etish rejalashtirilgan. Xorijda mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolarning farzandlari uchun sifatli ta’lim olish va iqtidorini rivojlantirish imkoniyatlarini yaratish ham dasturdan o‘rin olgan.

Ta’kidlash joizki, hozircha alimentning yangi miqdori yoki uni hisoblash formulasi belgilanmagan. Ayni paytda ushbu tartibni joriy etishga qaratilgan Prezident qarori loyihasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqiy kafolatdan amaliy himoyagacha

Konstitutsiyada belgilangan inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolarning qonuniy...

Imkoniyatlar ishga solinadi

Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va barqaror...

Qoraqirda yashil maydonlar qayta tiklanmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish...

Bandixonda elektr ta’minoti qayta tiklandi

Noqulay ob-havo sharoiti sababli Bandixon tumanidagi Tangimo‘sh podstansiyasida texnik...
KunTun
KunTun