Bolajonlar uchun yangi imkoniyat

Date:

Maktabgacha ta’lim muassasalarining ko‘payishi bolalarni sifatli ta’lim-tarbiya bilan qamrab olish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishda muhim ahamiyatga ega. Qumqo‘rg‘on tumanining “Yuksalish” mahallasida 90 o‘rinli 40-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

Bog‘chada guruh xonalari zamonaviy jihozlangan. Shuningdek, musiqa va sport mashg‘ulotlari uchun xonalar, oshxona hamda bolalar salomatligini asrashga xizmat qiluvchi zarur sharoitlar yaratilgan. Yangi muassasa bolalarning maktabgacha ta’lim olishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish bilan birga, ota-onalarga ham farzandlarini qulay va xavfsiz muhitda tarbiyalash imkonini beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xurmo tashqi bozorga yo‘l olmoqda

Qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotning bozorbopligini oshirish va uni eksportga...

Kuchlilar aniqlandi

Chaqqonlik, tezkorlik va jamoaviy hamjihatlikni sinovdan o‘tkazgan “Quvnoq startlar”...

Natijadorlik va mas’uliyat talabi

Ta’lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sifati aholining...

Bolajonlar uchun yangi imkoniyat

Maktabgacha ta’lim muassasalarining ko‘payishi bolalarni sifatli ta’lim-tarbiya bilan qamrab...
KunTun
KunTun