Zo‘ravonlik: xabar berish tartibi belgilandi

Date:

Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik, voyaga yetmaganlar o‘rtasida erta nikoh hamda 16 yoshga to‘lmagan qizlarning homiladorligi bilan bog‘liq holatlarni yashirib qolish mumkin emas. Bunday holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va jabrlanuvchilarni himoya qilishda ta’lim, tibbiyot muassasalari, mahallalar hamda diniy tashkilotlar ham muhim mas’uliyatga ega.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan mazkur holatlar aniqlanganda ular haqida mas’ul idoralar va markazlarga xabar berish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, maktablar, tibbiyot muassasalari, mahallalar va diniy tashkilotlar bunday holatlardan xabardor bo‘lganida tegishli mas’ul idoralarni zudlik bilan xabardor qilishi lozim.

Yangi tartibning ahamiyati shundaki, tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga befarq bo‘lmaslik, ularni barvaqt aniqlash hamda jabrlangan xotin-qizlar va bolalarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish imkoniyatlari kengayadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Zo‘ravonlik: xabar berish tartibi belgilandi

Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik, voyaga yetmaganlar...

Futbolchilarimiz eng yaxshilar safida

So‘nggi yillarda o‘zbek futbolchilari xalqaro maydonda munosib natijalar qayd...

XAVFSIZLIK SABOQLARI BERILDI

Oltinsoy tumanidagi 48-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida is gazidan...

Betonlashtirish ishlari o‘rganildi

“Tashabbusli byudjet” loyihasi ko‘plab muammolarga munosib yechim bo‘ldi. Ta’lim...
KunTun
KunTun