Prezident qarorining mazmun-mohiyatini oʼrganishga bagʼishlangan seminar boʼlib oʼtdi

Date:

Soʼnggi yillarda mamlakatimizda qishloq xoʼjaligini isloh qilish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Yurtboshimiz tomonidan qabul qilinayotgan huquqiy xujjatlar muhim asos boʼlib xizmat qilmoqda.

Viloyat hokimligida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʼjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarorining mazmun-mohiyatini oʼrganishga bagʼishlangan seminar boʼlib oʼtdi.

Viloyat va tuman hokimlari, sektor rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirok etgan seminarda Bosh vazir oʼrinbosari Shuhrat Gʼaniev mazkur qaror ijrosini taʼminlash uchun eʼtibor qaratish lozim boʼlgan jihatlar toʼgʼrisida tushunchalar berdi.

Shuningdek, viloyat hokimi Toʼra Bobolov qarorning muhim jihatlariga eʼtiborni qaratdi. Аytish joizki, Prezidentimizning ushbu oqilona qarorining ijrosi viloyatimizda ishsizlikni oldini olish, aholi daromadini oshirish, yaʼni, xalqni rozi qilish borasidagi harakatlarimizda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qarorga asosan viloyatimiz boʼyicha 2022 yilda 5 847 gektar paxta va gʼalla maydonlari qisqartirilib, aholiga ochiq elektron tanlov orqali berish rejalashtirilgan. 2025 yilga qadar esa, 14 620 gektar yer maydoni shu maqsadlar uchun ajratish maqsad qilingan. Аyni damda ushbu yerlarni fuqarolarga har tomonlama qulay boʼlgan hududlardan ajratish boʼyicha muhokamalar oʼtkazilmoqda. Tanlov gʼoliblari oʼzlariga ajratilgan maydonlarda 10 yilgacha ijara asosida sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshiradilar.

Ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

1200 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida aholi farovonligi va...

Bunyodkorlik ishlari yangi bosqichda

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Angor tumanida yosh avlod uchun...

Boysun bag‘rida Mustaqillik shukuhi

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak...

Oltinsoyda bunyodkorlik ishlari

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida aholi uchun zamonaviy...
KunTun
KunTun