“Lazgi”dan zavq olib…

Date:

Lazgi — Xorazm folklorining yuragidir. Afsonaviy “Lazgi” nafaqat raqs, balki his-tuyg‘ularni, hissiyotlarni, dunyoni anglashni ifoda etishning o‘ziga xos uslubi, ruhiyat tasviridir. Lazgi harakatlari o‘ziga xos, raqqosa butun vujudi ohang bilan bir butunlik hosil qiladi. Yuz ifodalari ham jarayonga ajib his-tuyg‘u bag‘ishlaydi.
Lazgi haqida gap ketganda afsonaviy o‘zbek raqqosalari Tamaraxonim, Mukarrama Turg‘unboyeva va Gavhar Matyoqubovalarni eslamaslikning iloji yo‘q. Ular har bir harakatga sayqal bergan holda Xorazm xalq raqslarini mukammallikka olib keldilar va shu bilan jahon sahnasini zabt etdilar. 2019-yil 12-dekabrda afsonaviy Lazgi raqsi O‘zbekiston madaniy merosining elementi sifatida YUNESKOning insoniyatning nomoddiy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibidagi “Lazgi” ashula va raqs ansambli gastrol safari bilan shahrimizga tashrif buyurib, Termiz shahridagi San’at saroyining old maydonida madaniy kontsert dasturini voha ahliga taqdim etdi.
Kun oxirlab qosh qoraya boshlagach, San’at saroyiga konsert tomosha qilish istagida bo‘lganlar birma-bir jam bo‘lishdi. Shundan so‘ng, “Lazgi” ashula va raqs ansamblining kansert dasturi boshlandi.
Tomoshaga kelganlari-da lazgi ohangi raqsga shoshirdi. Kayfiyatlarni ko‘tarib, yosh-u keksa ohanglardan zavq olib, dildan yayradilar.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun