Nuroniylarimiz Taxiatoshda

Date:

Termiz shahri bilan Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumani o‘rtasidagi hamkorlik doirasida “Markaziy” mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Shu jarayon bilan tanishish maqsadida Termiz shahri nuroniylari mahallaga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirdi.

Ayni paytda katta kanal bo‘yidagi sohil hududida aholi va yoshlar uchun kecha-yu kunduz faoliyat yuritadigan xizmat ko‘rsatish ko‘chasi barpo etilmoqda. Bu yerda kafelar, turli xizmat shoxobchalari, yoshlar sayilgohi va xiyobonlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Surxondaryoning mashhur Sangardak sharsharasi qiyofasini aks ettiruvchi landshaft kompozitsiyasi hamda 10 ta turar joy binosini qurish loyihalari ko‘zda tutilgan.

Nuroniylar qurilish jarayonlari va kelgusidagi rejalar bilan tanishib, hududning yangi qiyofasi aholi uchun qo‘shimcha qulaylik va dam olish imkoniyatlarini yaratishini ta’kidladi. Mazkur ishlar ikki hudud o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy natijasi sifatida “Markaziy” mahallasida zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun