WORKAUT MAYDONCHASI QURILSA…

Date:

Sport bilan shug‘ullanish uchun fitness zallariga borishni afzal ko‘ramiz. Vaqtimiz va mablag‘imizni sarf etamiz. Bu nechog‘lik to‘g‘ri? Ko‘cha sporti bilan shug’ullanishga imkon beradigan “Street workout” maydonchalari qurilib, foydalanishga topshirilavergach, sohani biznes qilgan tadbirkorlar ishiga ta’sir etmay qolmadi, albatta.

Sport bilan shug‘ullanish, tanani to‘liq shaklda saqlash uchun insonda xohish bo‘lsa yetarli. Qolgan hamma narsani ana shunday maydonchalarda topish mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri kontrendikatsiyalar bo‘lmasa, jinsi va yoshidan qat’i nazar, har kim mashq qilishi mumkin. Yagona to‘siq sog‘liq muammolari bo‘lishi mumkin.
Street Workout – nima? Bu sportdagi zamonaviy yoshlar harakati, ko‘cha gimnastikasining bir turi. Buni havaskor sport turlari, oddiy jismoniy tarbiya deyish mumkin. Asosiysi, qo‘shimcha pul investitsiyalarisiz, oddiy qurilmalardan foydalanish, ishonch, kuch va hayotni yaxshi tomonga o‘zgartirish imkoniyatidir.
Panjaralar, gorizontal panjaralar, tutqichlar, halqalar, shved devorlari sportchini o‘z vazni bilan malakali ishlashga, shu orqali atletik figurani “qurishga” yordam beradi.

“Street workout” yurtimizda ham anchayin ommalashib ulgurdi. Ushbu sport turi bo‘yicha tez-tez musobaqalar tashkil etilib, mahoratlilar sinovdan o‘tkazilib kelinmoqda. Termiz shahridagi “Bog‘zor” MFY yoshlari Besh tashabbus olimpiadasining 1-mavsumida sportning “Street workout” turi bo‘yicha Respublika bosqichida 2-o‘rinni egallab, 28 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritishgan edi.

Natijadan ruhlangan mahalla yoshlarining ko‘cha sportiga qiziqishi va e’tibori oshdi. Muhimi, yoshlarning bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishdir. Shu sababdan ham mahalla hududiga workaut maydonchasi qurish ishlari boshlanib, jarayon qizg‘in tus olgan. Maydoncha foydalanishga topshirilsa, mahalla yoshlarining qo‘shni mahallaga borishlariga hojat qolmaydi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Gʻolib oʻqishga qabul qilinadi

Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida Tataristonning “Alabuga” erkin iqtisodiy...

Chiqindidan elеktr enеrgiyasi ishlab chiqariladi

7 ta hududda ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Yurtimizning barcha hududlarida, viloyat, shahar va tumanlarida iftorlik dasturxonlari...

Dunyoning yеtti moʻjizasi

Bir maktabda “Dunyoning yеtti moʻjizasi” mavzusida dars tashkil etildi....
KunTun
KunTun