Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Sh. Shukurov hamda mas’ullar ishtirokida Bandixon tumanida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholi xavfsizligini ta’minlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida mas’ullarga zarur tavsiya va topshiriqlar berilib, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatlarining shaylik darajasi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, maxsus texnika va kuch-vositalar ishtirokida saf ko‘rigi o‘tkazildi.
Bunday ko‘rik va amaliy tadbirlar ehtimoliy favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarish, xizmatlar hamkorligini mustahkamlash hamda kuz-qish mavsumida aholi hayoti va xavfsizligini muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega.

