Iste’dodlar bir sahnada jam

Date:

Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘rtasida «Men ham shu Vatanning bunyodkoriman» shiori ostida «Sen iste’dodlisan» tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 40 nafar o‘quvchi estrada-vokal, an’anaviy ijrochilik va tasviriy san’at yo‘nalishlarida o‘z iste’dod va mahoratini namoyish etdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, estrada-vokal va an’anaviy ijrochilik yo‘nalishida Qiziriq tumani o‘quvchilari birinchi, Termiz shahri vakillari ikkinchi, Jarqo‘rg‘on tumani o‘quvchilari uchinchi o‘rinni egalladi.

Tasviriy san’at yo‘nalishida esa Sherobod tumani o‘quvchilari birinchi, Oltinsoy tumani vakillari ikkinchi, Qiziriq tumani o‘quvchilari uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

Bunday tanlovlar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash va o‘z imkoniyatlarini namoyon etishlariga keng yo‘l ochadi. Eng muhimi, har bir bola o‘z iste’dodi bilan jamiyat hayotida munosib o‘rin egallashi mumkinligini namoyon etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik va shaylik ustuvor

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi...

Iste’dodlar bir sahnada jam

Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan...

Sovuq kunlarda xavfsizlik — hayot garovi

Termiz tumanida sovuq kunlarda tabiiy va suyultirilgan gaz hamda...

“Ostona-1” nasos stansiyasi modernizatsiya qilindi

Uzun tumanidagi «Ostona-1» nasos stansiyasida qiymati 2 million 18...
KunTun
KunTun