Sovuq kunlarda xavfsizlik — hayot garovi

Date:

Termiz tumanida sovuq kunlarda tabiiy va suyultirilgan gaz hamda boshqa energiya resurslaridan xavfsiz foydalanish, is gazidan zaharlanish va yong‘inlarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar va taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

«Energiya resurslaridan xavfsiz foydalanish oyligi» doirasidagi navbatdagi tadbirlar tuman hokimi, fuqaro muhofazasi boshlig‘i Shuhrat Qalandarov hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Umid Bozorov rahbarligida Sharof Rashidov mahallasida tashkil etildi.

Mas’ul xizmatlar xodimlari xonadonma-xonadon yurib, aholiga isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, mo‘rilarni tozalash va xonalarni muntazam shamollatish bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

Bunday tadbirlar aholi hayoti va salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda xavfsizlik madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sovuq kunlarda xavfsizlik — hayot garovi

Termiz tumanida sovuq kunlarda tabiiy va suyultirilgan gaz hamda...

“Ostona-1” nasos stansiyasi modernizatsiya qilindi

Uzun tumanidagi «Ostona-1» nasos stansiyasida qiymati 2 million 18...

Kasaba uyushmalari: sharafli tarix, zalvorli mas’uliyat

Mehnat qilayotgan insonning huquqlari himoyalangan, salomatligi va manfaatlariga e’tibor...

Axborot barqarorligi: yechimlar mahalliy tajribadan boshlanadi

Surxondaryoda dezinformatsiyaga qarshi kurashish, axborot savodxonligini oshirish va jamiyat...
KunTun
KunTun