Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabasi Elbek Mavlonov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Elbek 63 kilogramgacha bo‘lgan vazn toifasida barcha raqiblaridan ustun kelib, musobaqada birinchi o‘rinni egalladi.
Respublikaning turli hududlaridan 200 nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan bellashuvlarda Elbek Mavlonov Surxondaryo viloyati sharafini munosib himoya qildi.

