Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Date:

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbuslar tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida tuman va shahar hokimlari Taxiatosh tumani mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Jumladan, «Yoshlar sanoat zonasi», qulupnay yetishtirish loyihasi, zamonaviy sport majmuasi hamda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan oilaviy tadbirkorlik tashabbusi ko‘zdan kechirildi.

Umumiy qiymati 17 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyihalar hududda iqtisodiy faollikni oshirish, aholi uchun qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirish va yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

2026–2027-yillardagi loyihalar doirasida Taxiatosh tumanida 110 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Bu esa tashabbuslarning nafaqat tadbirkorlikni kengaytirish, balki aholi bandligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun