Yoshlarning texnik salohiyati namoyish etildi

Date:

Yoshlarni zamonaviy texnologiyalar olamiga keng jalb etish, muhandislik va IT yo‘nalishlaridagi iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Termiz shahrida Respublika “TECHNO DRIVE–2026” musobaqasi o‘tkazildi.

Termiz davlat universiteti hamda Janubiy operativ qo‘mondonligi harbiy poligonida tashkil etilgan nufuzli musobaqada respublikaning turli hududlaridan 150 nafardan ortiq mutaxassis va iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.

Musobaqa Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va “O‘zbekkosmos” agentligi hamkorligida, “REKORD MIR” IT-kompaniyasi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Ishtirokchilar robototexnika, aviamodel, raketamodel va kibersport yo‘nalishlarida bellashib, o‘zlarining texnik bilimlari, mahorati va innovatsion g‘oyalarini namoyish etdilar.

“TECHNO DRIVE–2026” yoshlarning texnologiyaga qiziqishini oshirish, muhandislik va IT sohalaridagi salohiyatli yoshlarni aniqlash hamda ularni kelajak kasblariga yo‘naltirishga xizmat qiluvchi muhim maydonga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun