“Biz — yagona Vatan farzandlarimiz”

Date:

30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan kecha Termiz shahridagi N-sonli harbiy qismda “Doʻstlik festivali” doirasida maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbir koʻtarinki ruhda oʻtkazildi. Ushbu tadbirda harbiy xizmatchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, faol yoshlar hamda milliy madaniy markazlar aʼzolari bir joyga jam boʻlishdi.

Tadbir doirasida “Biz — yagona Vatan farzandlarimiz” va “Yaxshi qoʻshnichilik va bagʻrikenglik saboqlari” mavzularida samimiy davra suhbati tashkil etildi. Muloqotlar davomida Yangi Oʻzbekistonda millatlararo totuvlikni taʼminlash, diniy bagʻrikenglikni yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va ularning amaliy natijalari xususida atroflicha fikr almashildi. 

Festivalning badiiy qismi esa haqiqiy doʻstlik va sanʼat bayramiga aylandi. Turli millat vakillari ijrosidagi dilkash xalq qoʻshiqlari, jozibali milliy raqslar hamda taʼsirchan sahna koʻrinishlari tomoshabinlarga yuqori kayfiyat bagʻishladi. 

“Oʻzbekiston — yagona Vatan” shiori ostida tashkil etilgan konsert dasturlari, taniqli yozuvchi va shoirlarning ijodiy burchaklari, rassomlarning betakror asarlari hamda milliy hunarmandchilik koʻrgazmalari bayram shukuhini yanada orttirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun