Holat tanqid ostida

Date:

Surxondaryo viloyati hokimligida Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i Farruh Omonov hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida videokonferensaloqa orqali aholi murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida tashkiliy masala ko‘rilib, Suvonova Dilbar Nabiyevna Surxondaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi hamda yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirildi.

Shundan so‘ng Respublika ishchi guruhi tomonidan hududlarda olib borilgan o‘rganishlar natijalari hamda aholi murojaatlari tahlili muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, joriy yilning birinchi yarim yilligida viloyat bo‘yicha jami 44,9 mingta murojaat kelib tushgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ayrim yo‘nalishlarda, jumladan, davolanish va jarrohlik amaliyoti uchun moddiy yordam ajratish masalalari bo‘yicha murojaatlar 11 foizga kamaygani qayd etildi. Shu bilan birga, ayrim tumanlarda murojaatlar sonining oshgani taʼkidlandi.

Yig‘ilishda hududlar hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlariga murojaatlar ko‘payayotgan yo‘nalishlar kesimida muammolar sabablarini chuqur tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish, kelgusida salbiy ko‘rsatkichlarning oldini olish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash, sayyor va shaxsiy qabullar samaradorligini oshirish hamda fuqarolar muammolarini hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun