41 nafar bitiruvchi oltin medalga sazovor

Date:

Termiz shahridagi Yoshlar markazida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida umumta’lim maktablarining iqtidorli bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Termiz shahridagi maktablarni yuksak natijalar bilan tamomlagan 41 nafar bitiruvchiga oltin, 7 nafariga esa kumush medallar tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, xalqaro va respublika miqyosidagi fan olimpiadalari hamda nufuzli tanlovlarda muvaffaqiyat qozongan, oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin talabalikka tavsiya etilgan bitiruvchilar ham rag‘batlantirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy o‘quv yilida Surxondaryo viloyatidagi 996 ta umumta’lim maktabining 328 nafar bitiruvchisi oltin, 83 nafari esa kumush medal sohibiga aylandi. Iqtidorli yoshlarni e’tirof etish ularning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, yangi yutuqlarga ilhomlantirish hamda mamlakatning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun