Ustozlarga ehtirom

Date:

Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan “Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” yakunida ta’lim sohasida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan 4 nafar maktab direktori tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi.

Tuman hokimi Odiljon Yaqubov ustozlarning ta’lim sifatini yuksaltirish, maktab jamoalarini shakllantirish hamda yosh avlodni bilimli, vatanparvar va barkamol insonlar etib tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik xizmatlarini alohida e’tirof etdi.

Tadbir ustoz va murabbiylarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularning boy tajribasini qadrlash hamda ta’lim tizimida fidokorona mehnat qilgan insonlarning xizmatlarini munosib e’tirof etishning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Toshkent sahnasida “Momo yer”

Toshkentdagi Muqimiy teatrida Respublika teatr festivali doirasida Surxondaryo, Samarqand...

Hakim Termiziy merosi dunyo olimlari nigohida

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk alloma...

O‘quvchilar harbiylar bilan uchrashdi

Denov tumanidagi 76-sonli umumta’lim maktabida Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy...

Yagona imtihon joriy etiladimi?

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bilimini baholash va yakuniy imtihonlar tartibini...
KunTun
KunTun