57 yillik orzu ro‘yobga chiqdi

Date:

Muzrabot tumani markazidan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan “Qorakamar” qishlog‘i aholisi uchun uzoq kutilgan quvonchli kunlar keldi.

Afg‘oniston va Turkmaniston davlatlari bilan chegaradosh hududda joylashgan ushbu qishloqda yillar davomida aholi uchun eng dolzarb masalalardan biri — yo‘llar muammosi bo‘lib kelgan. Ko‘p yillar davomida qishloq ahli tosh va tuproq yo‘llardan foydalanib, manzillariga qatnab kelgan.

Jumladan, Qorakamar qishlog‘ining asosiy 3 kilometr yo‘l qismi asfalt qoplamasi bilan yangilanib, qolgan ichki ko‘chalariga tosh yotqizilib, tekislash ishlari amalga oshirildi.

Bu esa qishloq aholisi uchun nafaqat qulaylik, balki yillar davomida kutilgan katta yangilanish bo‘ldi.

Chekka hududlarda amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari inson qadri, aholi farovonligi va hududlar taraqqiyotiga qaratilgan e’tiborning amaliy ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Adib merosi qalblarga maʼnaviyat ulashdi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy...

Harbiylar o‘rtasida kibersport musobaqasiga start berildi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayrabod...

Og‘ir toifadan namunali hududga…

Muzrabot tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida esayotgan o‘zgarishlar epkini hayot sifatini...

“Adolat” islohotlarga kamarbasta

Ezgu g‘oyalar bilan nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining35 yilligi...
KunTun
KunTun