Jarqo‘rg‘onda noyob dendrologiya bog‘i tashkil etiladi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oqtepa” suv ombori hududida ekologiya fidoyisi Aleksandr Fedin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Fedinning ko‘p yillik mehnati va tabiatni muhofaza qilishdagi xizmatlari e’tirof etilib, u O‘rmon agentligi tizimiga ishga qabul qilinishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, yillar davomida noyob daraxtzor va bioxilma-xillik maskaniga aylantirilgan hududda Dendrologiya bog‘i tashkil etilishi belgilandi. Loyiha doirasida Fedin uchun uy-joy quriladi, bog‘ xodimlari uchun zamonaviy ish sharoitlari yaratiladi hamda ular zarur texnikalar, jumladan kvadrosikllar bilan ta’minlanadi.

Mazkur tashabbus Surxondaryoda bioxilma-xillikni asrash, ekologik turizmni rivojlantirish va tabiatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun