Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Date:

Muzrabot tumanining Chegarachi mahallasidagi 29-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari yakunlandi.

Ta’lim maskanida qisqa muddatda bunyodkorlik va ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, o‘quv binosining ichki va tashqi qismi yangilandi. Shuningdek, sinfxonalardagi jihozlar, jumladan stol-stullar qayta ko‘rib chiqilib, o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoit yaratildi.

Ushbu ezgu ishlar maktab direktori tashabbusi va jamoaning sa’y-harakatlari asosida amalga oshirildi.

Ushbu ta’lim maskanida yaratilayotgan sharoitlar o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, ustozlarning samarali faoliyat yuritishi uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Eng olis hududlarda ham ta’limga e’tibor — kelajak avlodga qaratilgan eng katta sarmoyadir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun