“Ziyoli kelajak” loyihasiga start berildi

Date:

Boysun tumanida “Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi hamda tadbirkor Odil Muhammadiyev hamkorligida “Ziyoli kelajak” loyihasiga start berildi. Loyiha doirasida “Pasurxi” mahallasidagi 5-sonli umumta’lim maktabi sport zalini ta’mirlash uchun 50 million so‘mlik qurilish materiallari topshirildi.

Mazkur tashabbus maktablardagi mavjud muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish hamda yoshlarning jismoniy va intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. “Ziyoli kelajak” loyihasi davlat, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati hamkorligini mustahkamlab, ta’lim tizimini yanada sifatli va zamon talablariga mos rivojlantirishga qaratilgan muhim ijtimoiy tashabbusdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun