Barqaror rivojlanish sari amaliy qadamlar

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, ekologik barqarorlikni ta’minlash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.

“Bio Texno Eco” MCHJda o‘tkazilgan yig‘ilishda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik nazoratni kuchaytirish hamda ishlab chiqarish korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, atmosfera havosi va ekologik holatni doimiy monitoring qilish imkonini beruvchi zamonaviy uskunalar taqdimoti namoyish etildi.

Tashrif davomida viloyat hokimi Angor tumanidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan ham tanishdi. Xalqaro hamkorlar ishtirokidagi loyiha doirasida maktab uchun qo‘shimcha 330 o‘rinli o‘quv binosi va zamonaviy sport zali barpo etilmoqda.

Mazkur tashabbuslar hududda ekologik xavfsizlikni mustahkamlash, ta’lim sifati va infratuzilmasini yaxshilash hamda yoshlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun