Kelajak egalari e’tibor markazida

Date:

Angor tumanida “Yangi O‘zbekiston — yoshlar mamlakati!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida festival tashkil etildi. Tadbir yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning bandligini ta’minlash hamda zamonaviy kasb va ko‘nikmalarga qiziqishini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Festival davomida tadbirkorlik va bandlik, kitobxonlik, sun’iy intellekt, innovatsiyalar, xorijiy tillarni o‘rganish hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida ko‘rgazmalar, seminar-treninglar va ochiq muloqotlar tashkil etildi.

Tuman hokimi Qosim Mardonov yoshlar bilan uchrashib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Shuningdek, mehnat yarmarkasi, kitob ko‘rgazmalari, intellektual o‘yinlar, shaxmat musobaqalari hamda turli tanlovlar o‘tkazildi.

Mazkur festival yoshlarni ta’lim, innovatsiya va tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Adib merosi qalblarga maʼnaviyat ulashdi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy...

Harbiylar o‘rtasida kibersport musobaqasiga start berildi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayrabod...

Og‘ir toifadan namunali hududga…

Muzrabot tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida esayotgan o‘zgarishlar epkini hayot sifatini...

“Adolat” islohotlarga kamarbasta

Ezgu g‘oyalar bilan nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining35 yilligi...
KunTun
KunTun