Xizmat sifatiga yangi talablar

Date:

O‘zbekistonda bankomatlar orqali naqd pul yechish jarayonidagi texnik nosozliklar va uzilishlar uchun banklarga moliyaviy jarimalar qo‘llash tizimi joriy etilmoqda. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, yangi tartib 6-avgustdan kuchga kiradi.

Qayd etilishicha, 2025-yilda bankomatlar faoliyati bilan bog‘liq qariyb 290 mingta texnik nosozlik holati qayd etilgan. Muammoli tranzaksiyalar ulushi atigi 0,08 foizni tashkil etsa-da, mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va uzilishlarni bartaraf etish tezligini oshirish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

Yangi tartib banklarni texnik infratuzilmani yanada takomillashtirishga undashi, mijozlar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy xizmatlar sifati ustidan nazoratni kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Shuningdek, mijozlar murojaatlari asosida banklar faoliyatini baholovchi reyting tizimini joriy etish ham rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun