Ta’lim sifati xalqaro mezonlar asosida baholanmoqda

Date:

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning nufuzli ASIIN xalqaro akkreditatsiya agentligi ekspertlari tashrif buyurdi. Tashrif doirasida ekspertlar universitet kampusi, talaba va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar hamda ta’lim infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.

Belgilangan dastur asosida ASIIN vakillari Kimyo ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun zarur hujjatlar va ta’lim jarayonini o‘rganishni boshladilar. Shuningdek, universitet rektori, professor A. Toshqulov boshchiligida o‘tkazilgan uchrashuvda oliygohning rivojlanish strategiyasi, xalqaro hamkorlik aloqalari va istiqboldagi maqsadlari taqdim etildi.

Ekspertlar universitet faoliyati yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib, dastlabki kuzatuvlar ularda ijobiy taassurot qoldirganini ta’kidladilar.

Ta’kidlash joizki, ASIIN tomonidan beriladigan xalqaro akkreditatsiya ta’lim dasturlarining jahon standartlariga muvofiqligini tasdiqlaydi. Shu bois mazkur jarayon Termiz davlat universitetining xalqaro nufuzini mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish va bitiruvchilarning xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun