Sog‘lom, xavfsiz va mazmunli muhit

Date:

Sho‘rchi tumanidagi 38-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida yozgi sog‘lomlashtirish davrini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan tuman seminari o‘tkazildi.

Unda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, metodistlar va mutaxassislar ishtirok etib, bolalarning yozgi dam olishini mazmunli tashkil etish, ularning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini foydali mashg‘ulotlar bilan boyitish masalalarini muhokama qildilar.

Seminar davomida ochiq havodagi ta’limiy mashg‘ulotlar, sport va harakatli o‘yinlar, ekologik hamda ijodiy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, sog‘lom ovqatlanish va sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan ilg‘or tajribalar namoyish etildi.

Mazkur seminar yozgi mavsumda maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom, xavfsiz va mazmunli muhit yaratish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun