10 ming qadam uchun rag‘bat

Date:

Aholi orasida sog‘lom turmush tarzi va ekologik madaniyatni keng targ‘ib qilish maqsadida “Eko-faol fuqaro” platformasi ishga tushirildi. Endilikda foydalanuvchilar kunlik piyoda yurish orqali rag‘bat olish imkoniga ega bo‘ladi.

Ekologiya qo‘mitasi ma’lum qilishicha, platforma Prezident qarori asosida “10 ming qadam piyoda” tashabbusini qayta tiklash doirasida yo‘lga qo‘yildi. Ilova 1-maydan boshlab faoliyat yuritmoqda.

Foydalanuvchilar “Eko-faol fuqaro” platformasini App Store va Play Market orqali yuklab olib, kunlik qadamlarini kuzatishi hamda belgilangan me’yor asosida rag‘bat olishi mumkin.

Mazkur loyiha fuqarolarni jismoniy faollikka undash, sog‘lom hayot tarzini shakllantirish va atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun