«Mardlar maydoni»: xalqaro kurash turnirida surxonlik polvonlar peshqadam

Date:

Termiz shahrida buyuk alloma Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bag‘ishlangan «Mardlar maydoni» xalqaro kurash turniri qizg‘in davom etmoqda. Qariyb 30 ta davlatdan tashrif buyurgan polvonlar ishtirokidagi musobaqa milliy sportimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini namoyon etmoqda.

Turnirning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, sportchilar, xorijiy mehmonlar va kurash ixlosmandlarini qutladi. U o‘z tabrik so‘zida milliy kurashimiz xalqimizning mardlik, halollik va or-nomus kabi yuksak qadriyatlari bilan chambarchas bog‘liqligini ta’kidladi. Shuningdek, Hakim Termiziyning boy ilmiy-ma’naviy merosi va milliy sportimiz o‘rtasidagi mushtarak jihatlarga e’tibor qaratdi.

Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi -73 kilogramm vazn toifasida surxondaryolik Javohir Ahmedov birinchi, tojikistonlik Umar Sherov ikkinchi o‘rinni egalladi. Yana bir vakilimiz Davlat Egamov hamda qozog‘istonlik Nur Amanshukurov uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

-81 kilogramm vazn toifasida esa surxondaryolik Ibroxim Qurbonnazarov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Qozog‘istonlik Yerzat Argynov ikkinchi, qashqadaryolik Muhammadöst Eshdavlatov va tojikistonlik Sayfiddin Sayfiddinzoda uchinchi o‘rinni egalladi.

Mutlaq vazn toifasidagi bellashuvlarda ham surxondaryolik polvon Muhammadkarim Xurramov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Sirdaryolik Husniddin Husanov ikkinchi, toshkentlik Bekmurod Oltiboyev va gruziyalik Giorgi Chagelishvili uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

G‘olib va sovrindorlarga mukofotlar Surxondaryo viloyati prokurori, viloyat hokimining o‘rinbosari hamda Kurash federatsiyasi mas’ullari tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Xalqaro turnir milliy kurashimizning boy an’analarini keng targ‘ib etish, xalqlar o‘rtasidagi sport aloqalarini mustahkamlash va yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TISU xalqaro reytingda 4 yulduzga sazovor bo‘ldi

Surxondaryo viloyatida oliy ta’lim sifatini oshirish va ta’lim muassasalarining...

«Mardlar maydoni»: xalqaro kurash turnirida surxonlik polvonlar peshqadam

Termiz shahrida buyuk alloma Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligiga...

Mo‘g‘ulistondan 400 bosh qo‘y keltirildi

Oltinsoy tumanida chorvachilikni rivojlantirish, naslchilik yo‘nalishini kengaytirish va go‘sht...

189 ballik natija

Termiz davlat universiteti Akademik litseyi o‘quvchilari Jaxongir Boysoatov va...
KunTun
KunTun