Vatan himoyasi, yurt tinçligi va yoş avlodning harbiy-vatanparvarlik ruhida kamol topişi har bir davrda muhim ahamiyat kasb etgan. Bu borada yoşlarni harbiy xizmatga tayyorlaş, ularda vatanparvarlik tuyğusini mustahkamlaş, texnik bilim va kasbiy könikmalarni şakllantirişga xizmat qilayotgan “Vatanparvar” taşkilotining faoliyati alohida örin tutadi.
1991-yil 23-noyabrda Özbekiston DOSAAF taşkiloti negizida taşkil etilgan Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti ötgan yillar davomida yoşlarni harbiy kasblarga yönaltiriş, texnik va amaliy sport turlarini rivojlantiriş, aholi örtasida vatanparvarlik ğoyalarini tarğib etiş borasida muayyan tajriba va salohiyatga ega böldi.
Bugungi kunda taşkilot faoliyati zamon talablari asosida takomillaştirilib, yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularni sportga jalb qiliş, harbiy xizmatga tayyorlaş hamda kasb-hunar egallaşiga kömaklaşiş kabi yönalişlarni qamrab olmoqda.
Vatanparvarlik tarbiyasi — ustuvor vazifa
Prezidentimizning 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4061-son qarori taşkilot faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqişda muhim huquqiy asos bölib xizmat qildi. Belgilangan vazifalar ijrosi doirasida yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularning mamlakatimiz mudofaa salohiyatiga daxldorlik hissini oşiriş, turli tadbir va loyihalarni taşkil etişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Surxondaryo viloyatida ham bu boradagi işlar izçil davom ettirilmoqda. Yoşlar bilan uçraşuvlar, oçiq eşiklar kunlari, uç avlod vakillari iştirokidagi tadbirlar, “Vatanparvar” taşkiloti — mening tanlovim”, “Men şu mahalla farzandiman!”, “Mardlar qöriqlaydi Vatanni”, “Biz — vatanparvarlarmiz!” kabi loyihalar orqali yoşlarda yurtga sadoqat, milliy ğurur va mas’uliyat tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qilinmoqda.
Şuningdek, “Mard askar — yoşlarga namuna” tadbirlari doirasida harbiy xizmatçilar bilan uçraşuvlar taşkil etilib, ularning hayotiy tajribasi, xizmat faoliyati va Vatan oldidagi burçi yoşlar uçun ibrat sifatida namoyon etilmoqda.
2026-yil sentabr oyida Nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan imzolangan memorandum ham hamkorlik aloqalarini kengaytiriş, yoşlar va jamoatçilik bilan işlaş samaradorligini oşirişga xizmat qilmoqda.
Harbiy-sport musobaqalari esa yoşlarning jismoniy tayyorgarligi, intizomi va jamoaviylik könikmalarini rivojlantirişda muhim örin tutadi. Xususan, 17–22 yoşdagi uyuşmagan yoşlar örtasida taşkil etilayotgan “Şunqorlar” harbiy-sport öyinlari tuman va şahar, viloyat hamda respublika bosqiçlarida ötkazilib, joriy yilda 1 ming 150 nafardan ortiq yoşni qamrab oldi.
Şu bilan birga, Mudofaa vazirligi kubogi hamda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalari yoşlarning harbiy tayyorgarlikka qiziqişini oşiriş, ularni soğlom turmuş tarziga yönaltirişda muhim vositaga aylanmoqda.
Sport — mahorat va matonat maktabi
“Vatanparvar” taşkilotining faoliyatida texnik va amaliy sport turlarini rivojlantiriş ham muhim yönalişlardan biri hisoblanadi. Avtokross, motokross, karting, triatlon, duatlon, yozgi biatlon, pnevmatik quroldan öq otiş, xizmat itlari bilan işlaş, avia-, raketa- va kema modellari yasaş, radiosport kabi yönalişlar yoşlarning qiziqişi va qobiliyatini röyobga çiqariş uçun keng imkoniyat yaratmoqda.
Uşbu sport turlari nafaqat jismoniy çiniqiş, balki texnik tafakkur, tezkor qaror qabul qiliş, aniqlik va intizom kabi muhim fazilatlarni şakllantirişga ham xizmat qiladi.
Taşkilot tizimida 70 nafardan ortiq professional sportçi faoliyat yuritayotgan bölsa, minglab yoşlar havaskor sport seksiyalariga jalb qilingan. Har yili sakkizdan ortiq çempionat va kubok musobaqalari taşkil etilib, sportçilar öz mahoratini namoyiş etiş imkoniga ega bölmoqda.
Surxondaryo viloyatida joriy yil davomida texnik va amaliy sport turlari böyiça 30 dan ortiq musobaqa ötkazilib, ularda 1 ming 650 nafardan ziyod iştirokçi qatnaşdi. Bu yoşlar orasida sportga bölgan qiziqiş ortib borayotganini, ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş borasida tizimli işlar olib borilayotganini körsatadi.
“Vatanparvar” taşkilotining MDH DOSAAF Ittifoqiga a’zo ekanligi ham uning xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş, tajriba almaşiş va sport yönalişlaridagi faoliyatini yanada kengaytiriş imkonini bermoqda.
Kasbga yönaltiriş va amaliy könikmalar
Taşkilot faoliyatining yana bir muhim yönalişi aholini kasb-hunarga öqitiş, xususan, haydovçilikka tayyorlaşdan iborat. Bu borada taşkilotning öquv markazlarida turli toifadagi transport vositalarini boşqariş böyiça maşğulotlar taşkil etilib, fuqarolarga nazariy bilim va amaliy könikmalar berilmoqda.
2025-yil davomida 5 ming 627 nafar fuqaro turli toifadagi haydovçilik kurslarida öqitilgan bölsa, 2026-yil boşidan shu kunga qadar 5 ming 270 nafar fuqaro uşbu yönalişda ta’lim oldi. Bu faoliyat aholining kasbiy tayyorgarligini oşiriş, mehnat bozorida talab etiladigan könikmalarni egallaşiga kömaklaşiş hamda bandligini ta’minlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugun “Vatanparvar” taşkiloti faoliyati harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi, sport, texnik bilim va kasbiy tayyorgarlik kabi bir-birini töldiruvçi yönalişlarni qamrab olmoqda. Bu esa yoşlarning nafaqat jismonan çiniqişi, balki bilimli, mas’uliyatli, taşabbuskor va Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yaşaydigan insonlar bölib voyaga yetişiga xizmat qiladi.
Tölqin Botirov,
Özbekiston Respublikasi mudofaasiga kömaklaşuvçi
“Vatanparvar” taşkiloti Surxondaryo viloyat kengaşi raisi

