16 kunlik faollik boşlandi

Date:

Termiz şahrida “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zöravonlikka barham beriş uçun birlaşaylik” mavzusidagi “16 kunlik faollik” aksiyasiga start berildi. Tadbirda viloyat va şahar darajasidagi tegişli taşkilotlar, xotin-qizlar faollari, oila va mahalla mutasaddilari, huquq-tartibot organlari hamda keng jamoatçilik iştirok etdi.

Yiğiliş davomida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonlikning, xususan, internet makonidagi raqamli zöravonlikning oldini oliş, onlayn xavfsizlik madaniyatini oşiriş, ayollar va qizlarning huquqiy savodxonligini kengaytiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.

Şuningdek, 25-noyabrdan 10-dekabrgaça davom etadigan mazkur aksiyada şahar miqyosida huquqiy-ma’rifiy uçraşuvlar, tarğibot işlari, öquv seminarlar, psixologik treninglar va profilaktik tadbirlar ötkazilişi belgilandi. Tadbir iştirokçilari xotin-qizlar salomatligi, xavfsizligi va haq-huquqlarini ta’minlaşda barça idora va taşkilotlarning hamkorlikda işlaşi muhimligini ta’kidladilar.

Termiz şahrida “16 kunlik faollik” doirasidagi tadbirlar izçil davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

16 kunlik faollik boşlandi

Termiz şahrida “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zöravonlikka barham beriş uçun...

ҲАМДАРДЛИК БИЛДИРАМИЗ!

«QUANTUM INSURANCE» акциядорлик жамияти (аввалги номи «ИНГО-УЗБЕКИСТАН») жамоаси, суғурта...

VATANPARVARLIK — EZGU MAQSAD, AMALIY FAOLIYAT

Vatan himoyasi, yurt tinçligi va yoş avlodning harbiy-vatanparvarlik ruhida...

Huquq va mas’uliyat muvozanati

Konstitutsiya har qanday demokratik davlatning huquqiy asosini belgilab, davlat...
KunTun
KunTun