Narx-navo barqarorligi saqlanadi

Date:

Yangi yil ostonasida turibmiz. Albatta, bayram bayramdek bo‘lishi uchun ro‘zg‘orimiz but, dasturxonimiz to‘kin bo‘lishi kerak. Bu esa moddiyatga ham borib taqaladi. Bozorlarimiz arzon bo‘lsa, muammoning bu tomonini o‘ylamasa ham bo‘ladi.
Kirib kelayotgan 2027-yil Yangi yil bayrami munosabati bilan Muzrabot tumani markazidagi oziq-ovqat dehqon bozorida arzonlashtirilgan yarmarka tashkil etilgani esa ayni muammoga munosib yechim bo‘ldi deyish mumkin. Tuman hokimi Abdulla Mamatqulov yarmarka faoliyati bilan tanishib, savdoga chiqarilgan mahsulotlar turi va narxlarini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida mas’ullarga yarmarkadagi mahsulotlar turini va hajmini yanada ko‘paytirish, go‘sht mahsulotlari zaxirasini yaratish, aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hamda mahsulotlarni arzonlashtirilgan narxlarda sotish yuzasidan aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Yarmarkaning asosiy maqsadi bayram arafasida aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda bozorlarda narx-navo barqarorligini saqlashdan iborat.


Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IIB boği” yangi köçatlar bilan boyidi

Yurtimizda ekologik muhitni yaxşilaş, yaşil hududlarni kengaytiriş va tabiatga...

Yoshlar yetakchilari — Tokioda

Yoshlar bilan ishlashda, albatta, tashabbuskorlik, katta tajriba va bilim-salohiyatni...

INSON QADRI UCHUN…

Inson qachon qadr topadi? Qachonki, uning orzu va maqsadlari...

Narx-navo barqarorligi saqlanadi

Yangi yil ostonasida turibmiz. Albatta, bayram bayramdek bo‘lishi uchun...
KunTun
KunTun