Bayram ko‘ngildagidek o‘tadi

Date:

Qurbon hayiti kunlarida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini mustahkamlash maqsadida Angor tumanidagi masjidlardan birida o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Tadbir davomida masjidga tashrif buyuruvchilar xavfsizligini ta’minlash, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, favqulodda vaziyatlarda evakuatsiyani to‘g‘ri tashkil etish hamda tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan imom-xatiblar, masjid xodimlari va fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borilib, zarur tavsiyalar berildi.

Mazkur mashg‘ulotlar bayram kunlarida masjidlarda osoyishtalikni saqlash, favqulodda holatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun