“O‘zbek arsloni” filmi katta taassurot qoldirdi

Date:

Kakaydi garnizonida “O‘zbek arsloni” filmining ta’sirli premyerasi o‘tkazildiKakaydi garnizonidagi Madaniyat markazida “O‘zbekfilm” ijodkorlari tomonidan suratga olingan “O‘zbek arsloni” badiiy filmining premyerasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirda muddatli harbiy xizmatchilar, safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilari, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, shuningdek nuroniylar hamda Yozuvchilar uyushmasi vakillari ishtirok etdi. Umuman, premyerada 600 nafardan ortiq tomoshabin qatnashdi, ularning 100 nafardan ziyodini harbiy xizmatchilar oilalari tashkil etdi.

Film davomida tomoshabinlar Vatanga sadoqat, jasorat, mardlik va fidoyilik ruhini aks ettiruvchi sahnalarni katta qiziqish bilan kuzatdilar. Kinoasar milliy qadriyatlar va vatanparvarlik g‘oyalarini yuksak darajada ifoda etgani bilan tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi.

Nuroniylar va ijodkor ziyolilar filmning tarbiyaviy ahamiyati, yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdagi o‘rni hamda dolzarbligini alohida ta’kidladi.

Mazkur premyera yosh avlodni milliy g‘urur, Vatanga muhabbat va ma’naviy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi bilan e’tiborga loyiq bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

53 nafar fuqaro ishli boʻldi

Sho‘rchi tumanida “Murod shifo” xususiy tibbiy markazining ochilishi aholiga...

Yoshlarimiz sovrindor boʻldi

Toshkent viloyatining Angren shahrida o‘tkazilgan parayengil atletika bo‘yicha U-20...

Festival yakunlandi

Boysun tumanida o‘tkazilgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining tantanali...

“Xotira turniri” — jasorat va matonatni ulug‘ladi

Termiz shahrida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida Sariosiyo voqealaridagi...
KunTun
KunTun