Transafg‘on temir yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi

Date:

Qadimdan ayonki, barcha davrlarda ham savdo yo‘llarining ahamiyati har bir davlat uchun katta bo‘lgan. Savdo aloqalari davlatni nafaqat moddiy jihatdan, balki barcha sohalarda ham rivojlanitirgan. Bugungidek shiddat bilan o‘zgarayotgan, yangilanishlar bo‘layotgan bir paytda barcha sohalar qatori savdo aloqalarida ham yangi bosqichlarning boshlanayotgani kishini quvontirmay qolmaydi. Ayniqsa, Afg‘oniston hududida “Termiz—Peshovar” temir yo‘l aloqasini o‘rnatish bo‘yicha O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘onistonning qo‘shma loyihasining yo‘nalishi va texnik-iqtisodiy asoslarini aniqlash bo‘yicha ekspeditsiya ishlari boshlangani so‘nggi paytlardagi eng yaxshi yangilik deyish mumkin.
Qiymati 5 milliard dollarni tashkil etadigan loyiha asosida “Termiz–Mozori–Sharif–Kobul–Peshovar” transafg‘on temir yo‘l izlari yotqiziladi. Uzunligi 600 kilometr bo‘lgan temir yo‘l Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Pokistonning yirik dengiz portlariga chiqish yo‘lini ochadi.
Shu paytga qadar Pokistondan O‘zbekistonga yuk kelishi bir oydan ortiq vaqtni olgan bo‘lsa, loyiha to‘liq amalga oshirilgach, bu muddat qisqarib, atiga 3-5 kunda yetib keladi. Savdo yo‘li uzoqni yaqin qilingina qolmay, mablag‘ni ham tejaydi. Bitta standart yuk konteynerini tashish narxi qariyb uch barobarga arzonlashishi kutilayotgani esa so‘zlarimizning isbotidir. Shu bilan birga, ushbu yo‘nalish bo‘yicha yuk tashish hajmi 10 million tonnaga yetishi mumkin.
Ishonch bilan aytish mumkinki, yaxshi va yangi o‘zgarishlar natijasida qisqa muddatlar ichida Termiz shahri mamlakatimizdagi eng katta savdo markaziga aylanadi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun