Sudyalar tomonidan sayyor uchrashuv o‘tkazildi

Date:

Huquqiy maslahat va yordam kerak bo‘lsa, mas’ul idoralarning eshigini qoqishga to‘g‘ri keladi. Ammo, bugungidek xalq dardi va tashvishi birinchi masalaga aylangan jamiyatda huquqshunoslarning o‘zi uyma-uy, mahallama-mahalla yurib, xalq dardiga quloq tutyapti. Muammosini so‘rab ko‘ngliga qo‘l solishyapti.

Joylarda “Mening mahallam – mening sudyam” g‘oyasi asosida tashkil etilayotgan sayyor uchrashuv va ochiq muloqotlar ana shunday tashabbusning amaldagi ifodasi deyish mumkin. Shu kabi tadbirlardan biri Termiz tumanidagi 1-sektor binosida bo‘lib o‘tdi. Unda Termiz tumanlararo ma’muriy sudi, jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy ishlar bo‘yicha Termiz tumanlararo sudi sudyalari va sektor mas’ul xodimlari hamkorligida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning murojaatlari tinglanib, huquqiy yordam va maslahatlar berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mahalla ahliga oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid qaror va farmoyishlarning, qolaversa, ushbu sayyor uchrashuvning ahamiyati xalqchil tilda tushuntirib berildi.
Qabulda 54 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayolga huquqiy yordam berildi. Mana shunday qabul va ochiq muloqotlar tashkil etilar ekan, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar yechim topadi, aholining huquqiy ongi va madaniyati yuksaladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Jahon e’tirofidagi tarixiy yutuq

O‘zbekistonda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi yana bir ulkan...

Yangi masjid — do‘stlik va birdamlik timsoli

Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida bunyod etilgan “Buxoro” masjidi...

“Sog‘lom ona — baxtli kelajak”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 10-apreldan 10-mayga...

“Media haftalik”: Surxondaryoda start oldi

Global axborot makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar...
KunTun
KunTun