Og‘ir toifadan chiqariladi

Date:

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda barpo etilayotgan “Denov city” turar joy majmuasi qurilishi bilan tanishdi. Shuningdek, tuman hokimi tomonidan bo‘sh yer maydonlari xatlovdan o‘tkazilishi, investitsiya va qurilish loyihalari taqdimoti amalga oshirildi. Mas’ullarga qurilish jarayonini jadallashtirish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini o‘z vaqtida barpo etish bo‘yicha aniq vazifalar berildi.

Yoshlik mahallasida esa yo‘llar, elektr va suv ta’minoti tarmoqlarini yaxshilash hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi infratuzilma ishlari ko‘zdan kechirildi.

Tumandagi 26 ta og‘ir toifadagi mahallani kompleks rivojlantirish maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti arxitektura yo‘nalishi talabalari tomonidan ishlab chiqilgan master-rejalar taqdimoti o‘tkazildi. Loyihalarda mahallaning mavjud holati, infratuzilma imkoniyatlari, ijtimoiy obyektlarga ehtiyoj va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari atroflicha inobatga olingan.

Mazkur tashabbuslar aholi turmush darajasini oshirish, hududlarni zamonaviy qiyofada rivojlantirish va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shunday o‘g‘ling bo‘lsa!

43-Bolqon Matematika Olimpiadasida tarixiy natija qayd etib, oltin medalni...

KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ❗️ Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi...

Zamonaviy talabga puxta yechim

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, xalqaro ahamiyatga...

“Jasorat maktabi” — muhim loyiha

Respublika bo‘ylab yoshlarni vatanparvarlik, sadoqat va harbiy intizom ruhida...
KunTun
KunTun