Zaruriy yordamlar yetkazildi

Date:

Sovuq ob-havo va qor bo‘ronlari sabab Surxondaryo viloyatining ayrim tog‘li hududlarida istiqomat qiluvchi aholining tuman markazlari va bozorlarga chiqishi qiyinlashdi. Natijada kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat hamda boshqa mahsulotlarni xarid qilishda muayyan muammolar yuzaga keldi. Ayrim qishloqlar aholisi ushbu holat bo‘yicha murojaatlar yo‘lladi.

Mazkur vaziyatni inobatga olgan holda, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning topshirig‘iga asosan Oltinsoy, Boysun, Uzun, Denov, Sariosiyo va Sherobod tumanlari hokimlari tog‘li hududlarda istiqomat qilayotgan aholi holidan xabar olib, ularga oziq-ovqat va boshqa zaruriy mahsulotlarni yetkazib berdi.

Xususan, viloyat hokimi shaxsan o‘zi Oltinsoy tumanining tog‘li hududida joylashgan “Katta Vaxshivor” mahallasida bo‘lib, aholi bilan samimiy muloqot qildi. So‘fi Olloyor ziyoratgohida o‘tkazilgan uchrashuv davomida aholiga zarur oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Shuningdek, boshqa tumanlarda ham hokimlar tomonidan tog‘li hudud aholisi bilan sayyor qabullar o‘tkazilib, tuman markazlari yoki bozorlarga kelish imkoni bo‘lmagan qishloqlarda ko‘chma bozorlar tashkil etildi. Aholi bilan doimiy muloqot o‘rnatilib, zarur yordamlarni ko‘rsatish, shuningdek, avtomobil yo‘llarini qordan tozalash ishlari tizimli ravishda davom ettirilishi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiziriq hududi kengaytirilmoqda

Parlament quyi palatasi majlisida “Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Jarqoʻrgʻon...

Kimlar soliqdan ozod?

Solik kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan bolalar...

Matonati ibratdir

Muzarobotlik Gulnora O‘sarova 1-guruh nogironi. Shunday bo‘lsa-da u tinim...

Ijtimoiy muhit barqarorlashadi

Angor tumani hokimligi tomonidan “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida "Yangi...
KunTun
KunTun