Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Date:

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini oshirish va velosipeddan foydalanish madaniyatini rivojlantirish maqsadida velosiped haydash tadbiri tashkil etildi.

Unda tuman hokimi Odiljon Yaqubov boshchiligida sektor rahbarlari, tashkilot va muassasalar mas’ullari ishtirok etib, tuman hududida velosipedda harakatlandilar hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Mazkur tashabbus orqali rahbarlar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bilan birga, aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy faollikka undashda shaxsiy namuna ko‘rsatmoqdalar.

Tadbirning asosiy maqsadi — sog‘lom hayot tarzini kundalik turmushning bir qismiga aylantirish, jismoniy faollikni oshirish va velosipeddan foydalanishni kengaytirishdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun