Yo‘llarda ekologik tozalik marafoni o‘tkazildi

Date:

Boysun tumanidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M-39 avtomobil yo‘li hamda 4R-105 «Darband — Boysun — Elbayon» avtomobil yo‘lining jami 35 kilometrlik qismi atrofida «Yo‘limiz tozaligi uchun» shiori ostida chiqindi yig‘ish marafoni tashkil etildi. Tadbirda tuman Yoshlar ishlari bo‘limi xodimlari va yoshlar yetakchilari ishtirok etib, yo‘l yoqalarida to‘planib qolgan chiqindilarni yig‘ishdi.

Marafonning asosiy maqsadi hududlar ozodaligini ta’minlash, yoshlarda ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda tabiatga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Atrof-muhit musaffoligini saqlash har birimizning burchimiz. Bunday tashabbuslar yoshlarning tabiatga daxldorlik hissini kuchaytirib, ekologik muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun