Obod mahalla va hamjihatlik sari…

Date:

Boysun tumanining barcha mahallalarida oktabr va noyabr oylari davomida hashar hamda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu tadbirlar milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, aholi o‘rtasida mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash, hududlarda tozalik va obodlikni ta’minlashga qaratilgan. Jumladan, ko‘chalar, ariqlar va zovurlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, muqaddas qadamjolar hamda aholi xonadonlarida tozalik va tartibni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz rahbarligida 19-sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham obodonlashtirish ishlari bir martalik tadbir bo‘lib qolmasdan, kundalik hayot tarziga aylanishi zarurligi ta’kidlangan edi.

Zero, hashar — nafaqat hududlarni obod qilish, balki insonlarni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirish, yosh avlodni mehnatsevarlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan qadriyatdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun