“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Date:

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar va ularning farzandlari o‘rtasida to‘rtta shart asosida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Bellashuv davomida ishtirokchilar bilimdonlik, mantiqiy fikrlash va topqirlik borasida o‘zaro kuch sinashdilar. Qiziqarli savollar va samimiy muhit tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, faxrli o‘rinlarni egallagan otalarga maktab direktori M. Xolliyeva tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bunday intellektual bellashuvlar otalarning maktab hayotidagi faolligini oshirish, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi mehr-oqibatni mustahkamlash hamda yosh avlodda bilimga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun