Kubokni kim oladi?

Date:

Termiz xalqaro savdo markazida o‘tkazilgan seminarda markaz faoliyatini yanada rivojlantirish, tashrif buyuruvchilar sonini oshirish maqsadida turli tadbirlar tashkil etish vazifalari belgilab berilgan edi. Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida Termiz xalqaro savdo markazi viloyat sport boshqarmasi, Kurash federatsiyasi hamda markaz rahbariyati hamda 75 nafar murabbiy hamda 100 dan ortiq sportchi-yoshlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda o‘tkazilishi rejalashtirilgan viloyat kubogi musobaqasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi va sportchilar bellashuv oldidan tarozidan o‘tkazildi. Shuningdek, Termiz xalqaro savdo markazida kurash bo‘yicha joriy yilda o‘tkazilishi rejalantirilgan turli xalqaro va milliy chempionat hamda musobaqalar haqida ishtirokchilarga batafsil axborot berildi. Tadbirdan so‘ng ishtirokchilar Termiz xalqaro savdo markazi faoliyati hamda u yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun