114 ta murojaat joyida hal

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov videokonferensaloqa shaklida navbatdagi ommaviy va tadbirkorlar qabullarini o‘tkazdi.

Dastlab, avvalgi qabullarda kelib tushgan murojaatlar ijrosi tanqidiy tahlil qilindi. Qonuniy yechimi bo‘la turib, hal etilmagan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish, qolgan masalalarni qayta ko‘rib chiqib, ijrosini nazoratga olish topshirildi.

Ommaviy qabulda 49 nafar fuqaroning 62 ta masaladagi murojaati tinglandi. Shundan 11 tasi joyida hal etildi, 51 tasi qo‘shimcha o‘rganish va tegishli choralar ko‘rish uchun mas’ullarga yo‘naltirildi.

Tadbirkorlar qabuli davomida esa 65 nafar tadbirkorning 68 ta masaladagi murojaat va takliflari ko‘rib chiqildi. Ularning 9 tasi ijobiy hal etilib, qolgan 59 ta masala bo‘yicha mutasaddilarga qonuniy yechim topish vazifasi yuklatildi.

Ijroga yo‘naltirilgan barcha murojaatlar qat’iy nazoratga olinib, ularning bajarilishi yuzasidan viloyat hokimiga har kuni axborot berib boriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun