Yangi loyihalarga start berildi

Date:

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning Sariosiyo tumaniga tashrifi doirasida “Yangi O‘zbekiston” massivida yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan oilaviy shifokorlik punkti faoliyati ko‘zdan kechirildi. 24 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan ushbu tibbiyot maskani zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan to‘liq jihozlangan.

Shuningdek, adaptiv sport turlariga ixtisoslashgan sport zali, “Workout” maydonchasi, usti yopiq o‘yingoh va boshqa ijtimoiy obyektlar qurilishi bo‘yicha loyihalar taqdimot qilindi. Shu bilan birga, Uzun tumanida barpo etilishi rejalashtirilgan Axborot-kutubxona markazi hamda ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan kutubxona loyihalari ko‘rib chiqildi.

Viloyat rahbari taqdim etilgan loyihalar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berib, massivda aholi soni ortib borayotganini inobatga olgan holda, yangi mahalla idorasi binosini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasini belgilab berdi. Shuningdek, hududda yangi turar joy majmualari hamda savdo kompleksi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“X1” sinovdan o‘tdi

Elektr aviatsiyasi rivojida navbatdagi muhim qadam tashlandi. AQSHning Heart...

Qumqo‘rg‘onda ekoturizm rivojlantiriladi

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarning turizm salohiyatidan samarali...

“Tasmasoy” finalga yo‘l oldi

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sport va...

Bog‘cha yangi qiyofada

Yosh avlod uchun munosib ta’lim-tarbiya va qulay sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun